2 окт. 2012 г.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha Prezident qarori e’lon qilindi

Xalqaro valyuta fondi | economist.uz

O’zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O’zbekiston Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Unga kora 2010-yilning 15-dekabridagi Xalqaro valyuta jamgarmasi boshqaruvchilar Kengashining «Kvotalarni umumiy on tortinchi qayta korib chiqish va Ijro etuvchi kengashni isloh qilish» haqidagi 66-2-sonli Rezolyutsiyasiga muvofiq Jamgarmaga azo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim bolgan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish togrisidagi Xalqaro valyuta jamgarmasi Bitimi moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qarori malumot uchun qabul qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S.Azimovga O’zbekiston Respublikasi ushbu tuzatishlarni qabul qilgani to‘g‘risida Xalqaro valyuta jamg‘armasini xabardor qilish vazifasi yuklatildi.
Mazku qarorga kora, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklatildi.

Nomi: "Xalqaro shartnomini qabul qilish to'g'risida" qaror
Qabul qilgan rahbar: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qabul qilingan sana: 2012-yil 26-sentabr
Saqlab olish:

Комментариев нет:

Отправить комментарий