22 окт. 2012 г.

2013-yil 25-dekabrgacha Respublikadagi Geografik ob’ektlarning nomlari xatlovdan o’tkaziladi va maqbullashtiriladi

Photo: "Moy gorod. Tashkent" dasturidan

2012-yil 16-oktabr kuni «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’ektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash tartibi batafsil yoritilgan. Unga ko’ra Respublika va hududlar miqyosida maxsus komissiyalar tashkil etilib, ularning zimmasiga bir qator vazifalar yuklatildi.

Xususan, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflar ularning geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan o‘tkaziladigan bo’ldi.

Shuningdek, geografik ob’ektlarning tarixiy-madaniy meros, O’zbekiston xalqining ma’naviy-etnik qadriyatlari bilan bog‘liq nomlarini asrash, ularni asossiz qayta nomlashning oldini olish kerakligi ta’kidlandi.

Qarorda geografik ob’ektlarni O’zbekiston xalqining milliy an’analari va mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yo‘l qo‘ymaslik, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat martabasini suiiste’mol qilish hollarini istisno qilish kerakligi alohida belgilab qo’yildi.

Shuningdek, geografik ob’ektlarni odamlarning ismlari bilan, shuningdek tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilinishi aytilgan. Ammo qanday cheklovlar haqida gap borayotgani qarorda ko’rsatilmagan.  

Respublika komissiyasi zimmasiga yana mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini o‘rganish hamda hisobga olish, bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida geografik ob’ektlarga bir xil nomlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalar ham yuklatilgan.

Mazkur qarorga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari O’zbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2013 yil 25 dekabrgacha «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi talablariga muvofiq rasmiy kartografiya va ma’lumotnoma nashrlari, statistika, arxiv, tarixiy va boshqa manbalar ma’lumotlari asosida tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlari hamda ularning tarkibiy qismlari nomlarini xatlovdan o‘tkazish va maqbullashtirish ishlarini amalga oshirishi belgilab berildi.

Qaror ta’lim tizimini ham cheklab o’tmadi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga 2014/ 2015 o‘quv yilidan boshlab, 5440500 «Geografiya» ta’lim yo‘nalishlari asosida «Toponimika» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada kadrlar tayyorlashni boshlash to‘g‘risida takliflar kiritadigan bo’ldi.

3 oy muddatda Respublika “Yergoedezkadastr” davlat qo’mitasi ga Geografik ob’ektlar nomlari davlat reestrini tuzish va yuritis borasidagi ma’lumotlarning electron bazasini yaratish vazifasi yuklatildi.

Eslatib o’taman, Respublika komissiyasiga uning raisi hisoblanadigan O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий