3 окт. 2012 г.

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida 60 nafar o’quvchi tahsil oladi

Artur Taymazov | anons.uz

2012 yil 24 sentyabrda “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1822-sonli qarori e’lon qilindi.

Unda Respublikamizda kuchli maktabga ega bo‘lgan hamda Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etishga qaror qilinganligi ta’kidlangan.

Mazkur olimpiya zaxiralari maktabida 60 nafar o’quvchi tahsil oladi. Ular tu-rarjoy, to‘rt mahal ovqat, sport ekipirovkasi hamda maxsus kiyim-bosh, sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlanadilar.

Maktab Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan sport kompleksi bazasida tashkil etiladi. Shuningdek, maktabning balansiga «Dinamo» stadioni 1 oy ichida belgilangan tartibda bepul o‘tkazilib beriladi.

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga 3 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan, bitta avtobus ta’minoti uchun limit beriladigan bo’ldi.

Nomi: “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Qabul qilgan rahbar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Qabul qilingan sana: 2012-yil 24-sentabr
Saqlab olish:


Shaxsiy fikrim:
Azal-azaldan bizda sport kurashi maktabi o’z obro’siga va nufuziga ega bo’lib kelgan. Deyarli barcha xalqaro musobaqalarda, Olimpiada o’yinlarida ushbu sport yo’nalishi bo’yicha vatandoshlarimiz shohsupadan joy olib, yurtimiz bayrog’ini yuksakalarga ko’tarishga o’z hissalarini qo’shishgan, vaholanki buning natijasida bizga olam-olam quvonch va faxr tuyg’usini ulasha olishgan. Birgina Artur Taymazov ko’rsatayotgan qahramonliklarni eslash kifoya. Yuqoridaglarni inobatga olib, mazkur qaror juda to’g’ri va oqilona ekanligini beixtiyor ta’kidlagimiz keladi. Kim bilsin, balki yillar o’tib, O’zbekistondagi sport kurashi maktabi xuddi Yamayka yengil atletika maktabi kabi mashhur bo’lib ketar. Balki yillar o’tib, biz ham, xuddi yamaykaliklar kabi bitta Olimpiadada 3-4 ta oltin olishsa ham norozi bo’ladigan darajaga chiqarmiz.
Mazkur maktabdan yangi Artur Taymazovlar chiqib, xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog’ini yuksaklarga ko’tarishiga tilakdoshman!

2 комментария:

  1. Men DXX ga òqishga kirmoqchiman qanday hujjatlar kerak bòladi iltimos 94 267 75 66ga junatib yuborin

    ОтветитьУдалить
  2. But that doesn't mean action movie 2017 ​was a complete disappointment. Instead, the year has brought us many surprises of new voices in Asia. Of course, these weren't the only movies that impressed, as you are about to see. To wrap up another year, we'll look back at some of the best Asian titles released in 2017, as well as "older" titles we first discovered (or in some cases revisited!).
    https://showbizclan.com/best-asian-action-movies/

    ОтветитьУдалить