Photo: uzedu.uz |
2012-yil 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
yigirma yillik sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
to‘g‘risida”gi F-3920-sonli Farmoyishi e’lon qilindi.
Mazkur Farmoyishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning
qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo
hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga
kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelayotganligi ta’kidlangan.
Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining
yigirma yilligini siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda yorqin iz qoldiradigan,
yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘oya
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tarixiy sana sifatida keng nishonlash maqsadida:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining yigirma yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Tashkiliy qo‘mita besh kunlik muddatda
tegishli tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishga kirishishi belgilab berildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
hamda Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
yigirma yillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy
uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar
o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy
targ‘ibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat
olib borishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Farmoyishda Toshkent shahar hokimligi O’zbekiston
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2012-yil 7-dekabr kuni “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar
saroyida O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining yigirma yillik sanasiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish hamda mamlakatimiz
san’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi bayram dasturini yuqori saviyada
tashkil etishi
belgilab berildi.
Xabaringiz bor, an’anaga ko’ra aynan mana shu bayram
dasturida Prezidnetimiz ma’ruza qiladilar va ushbu ma’ruzada keyingi yilning
ramziy nomi e’lon qilinadi.
P/S: O’tgan yili ushbu bayram tadbirida ishtirok etish
sharafiga muyassar bo’lganman.
Комментариев нет:
Отправить комментарий