Photo: uzdaily.uz |
2012 yil 31 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga imtiyozli
shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish hamda
sudyalarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul
kompensatsiyasi to‘lash tartiblari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul
qilindi.
Mazkur qaror O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini
tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 2 avgustdagi
PF-4459-son Farmoniga muvofiq
qabul qilingan bo‘lib, unda “Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli
ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Sudyalarga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har
oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar
tasdiqlandi.
“Sudyalarga imtiyozli shartlarda
uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi
to‘g‘risida”gi NIZOMda tijorat banklari tomonidan sudyalarga imtiyozli shartlarda
uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibi belgilangan.
Ushbu Nizomning amal qilishi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiktsiya sudlari
(harbiy sudlardan tashqari) va xo‘jalik sudlari sudyalariga tatbiq etiladi.
Endi Nizomlardagi eng kerakli joylari haqida
Sizlarga ma’lumot bersam:
Nizomga ko‘ra, tijorat banki
tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun
buyurtmanoma berilgan kunda respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining
2000 baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ipoteka krediti sudyalarga
kamida 10 yil muddatga beriladi.
Ipoteka kreditidan
foydalanganlik uchun foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish
stavkasi miqdorida belgilanadi.
Tijorat banki tomonidan
beriladigan ipoteka krediti miqdori sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy
yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin
emas.
Sudya tijorat bankidan ipoteka
krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p
kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z
mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar
tijorat bankida sudyaning nomiga milliy valyutada ochilgan jamg‘arma hisob
raqamida bo‘lishi kerak.
Sotib olinadigan yakka
tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi
miqdoridagi dastlabki badal sudyaning hisob raqamiga Sudlar va adliya
organlarini rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan dastlabki badalni
o‘tkazish uchun sudya ish joyida tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi (umumiy yurisdiktsiya
sudlari sudyalari) yoki O’zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi
nomiga qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Nizomga ko’ra,
agarda sudya barcha zarur hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etadigan bo’lsa,
kredit berish masalasi 30 kundan oshib
ketmasdan hal qilinishi shart.
“Sudyalarga
uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul
kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga ko‘ra, doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada
lavozimga tayinlangan (saylangan) hamda uy-joylar bilan ta’minlanmagan
sudyalarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul
kompensatsiyasi amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi
bundan mustasno), lekin:
Toshkent shahrida - eng kam oylik ish haqining to‘rt baravaridan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Nukus shahrida va viloyatlar
markazlarida – eng kam oylik ish haqining
uch baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
O’zbekiston Respublikasining
boshqa shaharlari va tumanlar markazlarida – eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
to‘lanadi.
Oila a’zolari uch kishi va undan
ortiq bo‘lgan taqdirda (sudyaning o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul
kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyaning tayinlash
(saylash) joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va
ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila
a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Sudyaga tayinlangan (saylangan)
joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda,
uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash
to‘xtatiladi.
Tayinlangan (saylangan) joyida
ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan
sudyalarga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.
Sudyaga bola ikki yoshga to‘lgungacha uni parvarish
qilish uchun ta’til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta’tilning butun
davriga, biroq sudya ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan, sudya etib
tayinlangan (saylangan) muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий