Photo: znaikak.ru |
O’zbekiston Respublikasi Oliy va
o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi №419-sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va
himoya qilishga doir” TALABLAR tasdiqlandi. Mazkur yangi tahrirdagi talablar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini
yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va ushbu Farmonga
o’zgartirish kiritish to’g’risidagi 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-sonli
Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Eslatib o’taman, ilgari mazkur
qoidalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining
2011-yil 3-dekabrdagi №487-sonli buyrug’i
asosida tasdiqlangan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashning namunaviy
tartibi” bilan tartibga solinar edi.
Yangi talablarga ko’ra, bir qancha o’zgartirishlar
kiritilgan. Shuningdek, tartib-qoidalar batafsil yoritilgan. Ular orasida eng
muhimlari haqida to’xtalib o’taman.
Talablar 12 qismdan tashkil topgan
bo’lib, ular quyidagilardir:
1.
Umumiy
qoidalar
2.
Ilmiy
rahbarlik
3.
Magistrlik
dissertatsiyasi mavzusini shakllantirish va tasdiqlash (o’zgartirish) tartibi
4.
Dissertatsiya
tayyorgarligining oraliq attestatsiyasi. Magistr faoliyatining samaradorligi
monitoringi
5.
Magistrlik
dissertatsiyasini taqdim etish
6.
Magistrlik
dissertatisyasiga taqriz yozish
7.
Magistrlik
dissertatsiyasi himoyasi
8.
Magistrlik
dissertatsiyasining tarkibi va mazmuniga qo’yilgan talablar
9.
Magistrlik
dissertatsiyasini rasmiylashtirish qoidalari
10.
Professional
etika
11.
Magistrlik
dissertatsiyasini baholash mezonlari
12.
Yakuniy
qoidalar
Mazkur qismlarni orasida “Professional etika” qismi yangi qo’shilgan bo’lib, unda magistrlik
dissertatsiyasi himoyasida magistratura talabalari tomonidan professional etika
qoidalarini buzishlariga yo’l qo’ymasliklariga katta e’tibor qaratilishi kerak
deya ta’kidlangan. Bunday qoida buzilishlariga avvalambor plagiat (adabiy
o’g’rilik), ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg’on sitata keltirish
kabilar kiradi.
Dissertatsiya ishiga chetdan ilmiy rahbar
tayinlangan holda, kafedra a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi.
Ilmiy maslahatchiga magistrlik
dissertatsiyasini ishini belgilangan talablar bo’yicha bajarilishiga ilmiy
rahbar bilan bir xil ma’suliyat yuklatiladi.
Eng katta yangiliklardan biri bu magistrlik
dissertatsiyasi mavzularini oktabr-noyabr oylarida ilmiy rahbarlar va
magistrlar ismi-sharifi hamda dissertatsiya mavzularining qisqacha maqsadi,
vazifalari ko’rsatilib oliy ta’lim
muassasasi rasmiy saytida e’lon qilinishi belgilab berilganligidir.
Dissertatsiyaning tavsiya etilgan hajmi titul
varag’I, mundarija, adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan tashqari 80 betdan oshmasligi kerak. Ilgari
qoida bo’yicha minimum varoq ham ko’rsatilgandi, ya’ni 60-80 varaq bo’lishi
kerak deyilgandi.
Shuningdek, disertatsiyaning kompyuterda
terilish tartibiga ham biroz o’zgartirishlar kiritilgan. Unga ko’ra,
dissertatsiya matni A4 (270 x 297 mm) formatdagi standart qog’ozning bir
tomoniga quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda terilgan bo’lishi kerak:
Shrifti -Times New Roman;
Shrift kattaligi – 14;
Interval – 1,5;
Yuqori va pastki hoshiyalar – 20 mm, chap
tomondan – 30 mm, o’ng tomondan – 10 mm (Ilgari 25x30x15 edi).
Bob va bo’limlarning nomlari 16 kattalikda
Times New Roman shriftida yoziladi.
Magistrlik dissertatsiyasi tarkibi
quyidagilardan iborat bo’lishi va keltirilgan tartibda bo’lishi kerak:
Titul varag’I;
Ikki tilda (o’qitish tili va ingliz
tilida) magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi (har biri ko’pi bilan 150
so’zdan iborat bo’lishi kerak);
Mundarija;
Kirish;
Asosiy qism;
Xulosa;
Adabiyotlar ro’yhati;
Ilovalar (agar mavjud bo’lsa).
Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasi
himoyasiga kirishdan oldin zarur bo’lgan ilmiy maqolalar soniga ham
o’zgartirish kiritilgan. Bundan buyon dastlabki himoyaga kirgunga qadar magistr
ichki va tashqi taqrizga hamda dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola va tezisga ega bo’lishi
talab etiladi. Yana bir tomoni maqola oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytida (elektron jurnalda) e’lon
qilinishi ham mumkin (ana bayram!).
Yana bir o’zgarish dissertatsiya
tili bilan bog’liq. Menimcha, endi dissertatsiyalar faqat talaba tahsil olayotgan
tilda, ya’ni o’qitish tilda yoziladi. Oldingi qoidalarga ko’ra, dissertatsiya
kafedra tavsiyasiga muvofiq xorijiy tillarda ham yozilishi mumkin edi. Yangi
qoidalarda bu haqidagi joyini ko’rmadim.
hujjatni qayerdan to'liq variantini olsa bo'ladi aka?
ОтветитьУдалитьlex.uz dan qidirib ko'ring kerakli ma'lumotlarni topasiz
Удалить