Norma.uz |
Internet
yaxshi narsada. Unda kezib yurib, ko’p qiziqarli ma’lumotlarga duch keladi
odam.
Mana
xozirgina Facebookda Muhrim A’zamxo’jayevning bir qiziqarli statusini o’qib
qoldim. Uning men uchun
qiziqarlilik tomoni shunda ediki, status mazmuni huquqshunoslikka doir, buning ustiga
unda mening blogimga ham havola berilgandi. O’sha statusdan parcha:
“Adliya vazirligining yaqinda chiqargan buyrug'ini Xushnudbek Xudayberdiyev kirill alifbosiga qaytmasligimizga bir jiddiy sabab o'laroq keltirgandi: http://xushnudbek.blogspot.com/2012/10/fhdyo-hujjatlari-o-yoxud-kirill.html
Rusiyzabon internet va matbuot esa asosiy urg'uni yangi hujjat namunalari o'zbek tilidan tashqari rus tilida ham to'ldirilishi mumkinligiga qaratmoqda: http://lenta.ru/news/2012/11/01/language/ Rosti, bungacha bunday hujjatlar faqat o'zbek tilida to'ldirilganidan bexabar edim.”
Xullas,
vaziyat quyidagicha:
Yaqinda
Adliya Vazirining "Fuqarolik holati
dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni
tasdiqlash haqida"gi buyrug'i chiqqandi. Bu haqida 29 oktabr kuni blogimda
xabar ham qoldirgandim. O’sha buyruqni yaxshilab o’qib chiqqandim va hech
qanaqa rus tilida yozilishi mumkin degan joyiga duch kelmaganman. Agar ko’rganimda
albatta bu to'g'risida ham yozgan bo’lardim.
Shu
sababli Muhrimning statusini ko’rib, hayron qoldim. Darrov, havola bo’yicha Lenta.ru
saytiga kirdim. Chunki bu gapni qayerdan olishganligiga juda qiziqqandim. O’sha
saytdagi xabarda, Podrobno.uz sayti ma’lumoti asosida olingani yozilgan ekan.
Mana o’sha xabar manzili: http://www.podrobno.uz/cat/obchestvo/v-uzbekistane-zagsi-budut-oformlyat-dokumenti-na-uzbekskom-yazike/
Keyin
Podrobno.uz ga kirdim. Mualliflik huquqi degan narsa yaxshida, ayniqsa
internetda. Agar noto’g’ri xabar bo’lsa, darrov egasini sotadi, qo’yadi.
Podrobno.uz ham asl xabar egasini shundoq ko’rsatib qo’yibdi. Ehtiyot bo’ling, saytlar
ochiladi, keyingi bekat – Norma.uz!
Norma.uz ga kirdim va o’sha xabarni
topdim:
Xabarda
quyidagi matnga ko’zim tushdi:
В отличие от предыдущих в новых формах записей актов о рождении, о заключении брака, о расторжении брака, о смерти графы для заполнения будут оформлены на двух языках – узбекском (латинская графика) и русском. Ранее они составлялись только на государственном – узбекском языке (кириллица).
Mana
o’sha hammani chalg’itgan xabar: - Otaxon, biz o’glingizni topdik! :) ©
Xabar ostiga muallif ham yozilgan: Сардор ДЖУМАШОВ, наш эксперт-юрист.
Ushbu xabar, allaqachon boshqa saytlarga ham qo’yilgan.
Masalan, Olam.uz ga (http://news.olam.uz/society/12824.html).
Endi
sizlarga tushunarli bo’lishi uchun, aslida holat qanaqa ekanligi haqida ma’lumot
bersam. Xo'sh, aslida ham fuqarolik holati dalolatnomalarini ruschada to'ldirish mumkinmi?
2012-yil 23-oktabr kuni chiqarilgan Adliya Vazirining
"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to'ldirish
bo'yicha qoidalarni tasdiqlash haqida"gi buyrug'ining 5-ilovasida “Fuqarolik
holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini to’ldirish qoidalari” ko’rsatib o’tilgan.
Ushbu qoidalarning 2-bandiga e’tibor bering:
2. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastxat bilan yoki kompyuter vositasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga muvofiq to‘ldiriladi.
Ushbu
qoidalarda aniq-tiniq yozib qo’yilgan - shakllar DAVLAT TILIDA to’ldiriladi deb.
O’zbekistonda davlat tili – o’zbek tili. Rus tilida ham to’ldirish mumkin degan
qoida bironta joyda ko’rsatilmagan.
Qiziq,
o’sha EKSPERT-yurist Sardor Jumashov rus tilida ham to’ldirish mumkin degan
qoidani qayerdan oldi ekan-a?
Bu haqida quyidagi shaxsiy tahminim bor.
Menimcha,
bunday qarorga kelishga sabab, ilgarigi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllaridagi savollar faqat kirill alifbosiga
asoslan o’zbek tilida yozilgan edi.
Vazir buyrug’i asosida tasdiqlangan yangi shakllarda
esa savollar lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilida hamda uning pastida
kichikroq shriftdagi rus tilida ham yozuvlar yozilgan.
Balki mana shu narsa rus tilida ham to’ldirish mumkin
degan farazni paydo bo’lishiga olib kelgandir? Ammo qoida bor, hammasi
qoidalarda aniq-tiniq qilib yozib qo’yilgan – dalolatnomalar davlat tilida to'ldirilishi kerak deb!
Xattoki, xuddi mana shu buyruqning ruscha variantida ham, ilovalar o'zbek tilida beriladi deb yozilgan:
1. Утвердить:Форму записи акта о рождении согласно приложению 1*;
* Приложение № 1 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о заключении брака согласно приложению 2*;
* Приложение № 2 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о расторжении брака согласно приложению 3*;
* Приложение № 3 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о смерти согласно приложению 4*;
* Приложение №4 приводится на узбекском языке.
Правила заполнения форм записей актов гражданского состояния согласно приложению 5*.
* Приложение № 5 приводится на узбекском языке.
Sizda, ya’ni ushbu maqolani o’qiyotgan aziz
mushtariyda, savol tug’ilishi mumkin: Xo’p, shakllardagi yozuvlar faqat o’zbek tilida to’ldirilar ekan, unda unga qo’shimcha
sifatida ruscha yozuvni qo’shishning nima keragi bor edi deb.
Yaxshi savol! O’rinli savol! Meni ham shu narsa
qiziqtirmoqda. Mazkur tushunmovchilikni keltirib chiqargan xabarni ko’rganimga
ko’p bo’lmadi, soat 18.30 lar atrofida ko’rdim. Shu zahotiyoq bunga aniqlik
kiritishga harakat qildim. Ammo vaqt biroz kechligi, hamda ish vaqti
tugaganligi sababli bironta rasmiy ma’lumot (norasmiylarini olib bo’ldim
telefon orqali) ololmadim. Shu sababli ertagacha kutib turasiz endi, hurmatli
mushtariy.
Boshqacha qilib aytganda, ertaga tong otsin, hammasini
ko’rasiz :)
P/S: Tanganing ikkinchi tomoni.
Lekin, hurmatli mushtariy, biz yana bir jihatga e’tibor
qaratishimiz kerak.
Ko’plab
huquqiy hujjatlarda til bilan bog’liq holatlar haqida so’z ketganda, istisno
holatlar ham kiritiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 115-moddasida “O’zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish
o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan
tilda olib boriladi” deya ta’kidlangan.
Yoxud O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual
Kodeksining 20-moddasida (“Jinoyat ishlari yuritiladigan til”):
“Jinoyat
ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik
aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi” deya ko’rsatilgan.
Mazkur qoidalarni inobatga olgan holda, balki fuqarolik
holati dalolatnoma yozuvlarining shakllarini zarurat tug’ilganda rus tilida ham
to’ldirish mumkindir. Lekin bu haqida Vazir buyrug’i asosida tasdiqlangan
qoidalarda hech narsa deyilmagan. U joyda faqat davlat tili ko’rsatilgan xolos.
Balki, yuqoridagi qoidalarni ham kiritish kerakmikin bu yerga, yana bilmadim...
P/S-2: Uzr, yana bir gap:
Internetda mana shu buyruq bilan bog'liq xabarlar ostiga qoldirilgan mulohazalardan shuni bildimki, ko'pchilik dalolatnoma va guvohnomalarni adashtirib qo'ymoqda. Ya'ni, ba'zilar gap tug'ilganlik haqida, nikoh haqida, o'lim haqida fuqaroni qo'liga beriladigan Guvohnomalarga o'zgartirish kiritilibdi deya o'ylashmoqda. Yo'q, bu xato fikr.
Bu yerda gap Dalolatnomalar haqida bormoqda. Ushbu dalolatnomalar fuqarolar qo'liga berilmaydi, FHDYo organlarida rasmiylashtirilib, o'sha joyni o'zida qoladi. Guvohnoma berishga asos aynan mana shu dalolatnomalar hisoblanadi. Ular FHDYo organlarining statistikalarni umumlashtirishda, ma'lumotlarni arxivda saqlanishida xizmat qiladi.
Siz va biz bilgan Guvohnomalarda esa yozuvlar hatto ingliz tilida ham to'ldiriladi. Shu ikkisini bir-biri bilan adashtirmasligimiz kerak.
P/S-2: Uzr, yana bir gap:
Internetda mana shu buyruq bilan bog'liq xabarlar ostiga qoldirilgan mulohazalardan shuni bildimki, ko'pchilik dalolatnoma va guvohnomalarni adashtirib qo'ymoqda. Ya'ni, ba'zilar gap tug'ilganlik haqida, nikoh haqida, o'lim haqida fuqaroni qo'liga beriladigan Guvohnomalarga o'zgartirish kiritilibdi deya o'ylashmoqda. Yo'q, bu xato fikr.
Bu yerda gap Dalolatnomalar haqida bormoqda. Ushbu dalolatnomalar fuqarolar qo'liga berilmaydi, FHDYo organlarida rasmiylashtirilib, o'sha joyni o'zida qoladi. Guvohnoma berishga asos aynan mana shu dalolatnomalar hisoblanadi. Ular FHDYo organlarining statistikalarni umumlashtirishda, ma'lumotlarni arxivda saqlanishida xizmat qiladi.
Siz va biz bilgan Guvohnomalarda esa yozuvlar hatto ingliz tilida ham to'ldiriladi. Shu ikkisini bir-biri bilan adashtirmasligimiz kerak.
Комментариев нет:
Отправить комментарий