1 окт. 2012 г.

Ustozi yo’q insonning – ustozi shayton! (1-qism)


Photo:  © O‘zA
Dedilar, dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,
Ustozin qadriga yetolgan inson.

Ustozlar haqida juda ko’p va xo’b gapirilgan. Dunyo yaralibdiki, ustoz nomiga sazovor bo’lganlar doimo hurmat va izzatga loyiq ko’rilgan, ta’zim qilishgan. Ularga atab asarlar yozilgan, portretlar chizilgan, dostonlar to’qilgan, ordenlar taqilgan, kinolar olingan, imoratlar solingan, spektakllar qo’yilgan, bitiktoshlar o’yilgan, she’rlar bitilgan, qo’shiqlar aytilgan. Maqolalarni-ku aytmasa ham bo’ladi. O’rnatilgan haykallar esdan chiqib qolibdiku…

Ammo har qancha ularni e’zozlasak ham, ular bergan ilmning va ta’limning haqqini ado etolmasligimizni his qilamiz. Buni Alisher Navoiy bobomiz qanchalar go’zal tarzda ta’riflaganlarini bilsangiz kerak…

Ustozlarim menga nimani o’rgatdi degandan ko’ra, ustozimdan men nimalarni o’rganolmay qoldim desak to’g’riroq bo’lardi.

Ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklashadi, dunyodagi eng ulug’ kasblardan biri ekanligini ta’kidlaymiz. Ammo men ustozlikni kasb sifatida qarashlariga unchalik ham qo’shilmayman. Axir hech zamonda eshitganmisiz, “ota-ona” degan kasb borligini? Ustozlarimiz ham shunday insonlar…

Har doim Zakovatda, suhbatlarda, intervyularda ustozlaringizga salom va minnatdorchilik yo’llashingiz mumkin deyilgan vaqtda, ustozlarimga umumiy tabrik va salom yo’llardim. Bunaqa vaziyatlarda ko’p ishlatiladigan “dejurniy” ibora bor: “Xozir ularni nomma-nom sanasam, kimdir qolib ketsa, mendan xafa bo’lishi mumkin” degan. Mana endi imkoniyatim bor, bu yerda hech kim qarshilik qilmaydi, hech kim shoshirmaydi, hech kim “efir vaqti ketayapti, qisqaroq qiling” deya gapimni bo’lmaydi (balki hech kim o’qimas ham yozganlarimni J) Bemalol, barcha ustozlarimni sanab o’tishim mumkin.

Ustozlarim: HAYOTDA

Menimcha, har bir insonning eng birinchi ustozlari, bu – ota-onasi bo’ladi, shubhasiz. Chunki inson dunyoga kelgan vaqtda faqat sanoqli tabiiy instinktlar bilan tug’iladi xolos. Hali unda eng oddiy, eng sodda hayotiy tajribalar ham shakllanmagan bo’ladi. U hali hech narsa yozilmagan oppoq, bo’m-bo’sh qog’oz! Ushbu qog’ozga ilk bitiklarni, hayot bitiklarini bitadigan insonlar ota-onamiz bo’ladi. Ular nafaqat bolalikda, balki butun hayotimiz davomida bizga ustozlik qilib kelishadi. Bilmaganlarimizni o’rgatishadi.

Hamma o’zining birinchi muallimini eslasa kerak-a? Maktabga qadam qo’yganimizda bizga ilk marta qalam tutqazgan, yozishni, o’qishni o’rgatgan, harf tanitgan ustozini kim ham unutardi?
Bilasizmi, agar menga “Birinchi mualliming kim?” deya savol berishsa, “Ayam” deb javob beraman. Bu yerda yuqorida sanab o’tgan hayot darsini nazarda tutmayapman. Haqiqatdan menga maktabdagi muallim o’rgatishi kerak bo’lgan narsalarni ayam 3-4 yoshlarimdayoq o’rgatib bo’lgandilar. Maktabga   o’qish va yozishni bilgan holda borganman. Keyinchalik ham ota-onamdan ilmiy tomondan ham ko’p narsalarni o’rgandim. Kezi kelganda birga dars qilganmiz, kezi kelganda matematikadagi misollarimni dadam ishlab berganlar J , kezi kelganda talabalik vaqtimda ba’zi ma’ruzalarni ayam konspekt qilib berganlar J. Xullas, buyog’ini tushungandirsiz…

Ota-onam ilohim, baxtimga sog’-salomat bo’lishsin!!!


"Онам мени йўқлик осмонидан олиб тушди, устозим эса ердан кўкка кўтарди". ©
Olimxo’ja Bo’ronov, @Olimkhoja_B


Ustozlarim: BOG’CHADA

Bog’cha juda shirin payt. Lekin farzand tarbiyasi uchun eng muhim bosqich. Yangi o’sib kelayotgan niholning kelajagining katta qismi o’sha davrga chambarchas bog’liq. Shu sababli bog’chadagi xodimalarning mas’uliyati og’ir, ancha katta.

Men ham bog’chaga borganman. Faqat davlat bog’chasiga emas – uy bog’chaga. O’sha paytlarda (1992-93 yillar) uy bog’chalar ham bo’lardi, ya’ni xohlagan bironta oila o’z uyida bog’cha ochib, bolalarni tarbiya qilardi. Men “bog’cha opa” degan insonlarni ko’rmaganman. “Bog’cha buva” va “Bog’cha buvi” bo’lgan bizda. Baxtiyor buvam bilan Maxarram momam bizga juda mehribon edilar. 20 tacha bola borardik u bog’chaga. Eng erkatoyi men edim ularni orasida. Baxtiyor buvamni tizzasida o’tirib ovqat yerdim.
Xozir hayron qolaman, ularning shundog’am 4 ta farzandi bor edi (adashmasam), yoshlari ham 50-60 da edi. Uyida bog’cha ochib, kichkina bolalarga qarab, ularni injiqliklariga chidab, kun bo’yi ularni orqasidan yugurib, ovqatini qilib, idish-tovog’ini yuvib yurishdan nima naf bo’ganikin-a? Zarilmidi ularga? Moddiy naf deysizmi? Yo’g’ey, bilganim shuki bu ishdan ular katta pul olishmasdi. Ammo katta zavq olardi! Bolalarga mehr berib yanada yosharishardi.

Bugungi kunda odamlar orasida eng kamyob narsaga aylanib qolayotgan MEHR bizlarni bog’lab turardi.

Ular xozir ham xayot. Ilohim, umrlari yanada uzoq bo’lsin! Bergan tarbiyangizga, ko’rsatgan mehringizga tashakkur!


Aleksandr Makedonskiy aytgandi: "Yashayotganim uchun otamdan qarzdorman, yaxshi yashayotganim uchun esa, ustozimdan!" Ustozlar kuni bilan!
Sanjar Rizayev, @sanjarrizayev


Ustozlarim: MAKTABDA

Maktabdagi davrim o’z navbatida 3 ga bo’linadi. Chunki 3 ta maktab/litseyda o’qiganman.

Dastlab, Habib Abdullayev nomidagi 3-o’rta maktabda boshlang’ich ta’limni olganman. Maktabdagi ilk ustozim Saodat opa Erkayeva bo’lganlar.
1-4 sinflarda shu maktabda tahsil olganman. O’qituvchilarimdan xozir esimga tushganlari, ingliz tili o’qituvchimiz Gulchehra opa (xozir o’sha maktab direktori), rus tili o’qituvchimiz Anora opa, Sharofat opa, Samadova degan o’qituvchimiz bo’lardi,adashmasam jismoniy tarbiyadan Luiza opa kirardi, shuningdek, 2ta ammam ham o’sha maktabda dars berardilar – Zulxumor va Dilrabo ammamlar. Shuncha harakat qilsam ham qolgan o’qituvchilarimni eslolmadim.

5-7 sinfda Telman nomidagi 1-o’rta maktabda tahsil olganman. Maktabimiz direktori Malikov edi – eshon buva. Zamdirektorimiz bo’lardi Salomat opa degan, rosa mehribon edilar. Yana Beknazarovmi degan zamdirektorimiz ham bor edilar, rosa qattiq qo’l edi, qo’rqardik.
Bu yerda ko’p o’qituvchilarimni eslayman. Tarixdan Oltin opa (joylari jannatdan bo’lsin), ularni qizlari Feruza opa Shodiyorova, ingliz tilidan Rizo aka va ularni rafiqalari, biologiya va ximiyadan o’sha zamdirektorimiz, matematikadan Qayumov domla va yana Dilfuza opa. Iye, bo’ldimi? Boshqa esga kelmayabdiku, quurg’ur… Hammasi ko’z oldimda turibdi, lekin ismlarini eslolmayapman.

Ingliz tilidan o’qituvchimiz Rizo akani ko’p eslayman. Rosa zo’r domla edilar. Savollariga javob bera olmasak, bilagimizdan chimchilardi, og’riqni zo’ridan o’qirdik J Lekin o’zlari juda mehribon edilar.

8-9 sinfni 2-ixtisoslashgan maktabda o’qiganman. Direktorimiz Ravshan Xoliqov edilar. Zamdirektorimiz Ahmedov Roman aka edi. Rosa qo’rqardik ulardan ham. Taqdir taqozosini qarangki, xozir ularni farzandi bizni institutda, bizni fakul’tetda o’qiyapdi. Vaqtida dadasi bizni o’qitgandi, endi biz ustozimiz oldidagi qarzni biroz uzishga harakat qilyapmiz.

Klous malim degan tarix domlamiz bo’lardi. Ona-tili va adabiyotdan Gulchehra opa Shaymanova, Dilfuza opa Shodiyorova, ingliz tilidan Dilorom opa, biologiyadan Mamatova domla, rus tilidan Shuhrat aka Raximov, matematikadan betakror Qulmurzayev domla o’tardi.
Sinf rahbarimiz Shaymanova domla edi.

Umuman olganda aynan mana shu litseyda ko’proq narsani o’rganganman. Keyingi hayot yo’limni, kelajakda qaysi kasbni egallashimni o’zim uchun belgilab olganman va shu yo’nalishda jiddiy tayyorlanganman. 6-sinfdanoq tarixdan repetitorga borardim, 8-sinfdan 2 yil ona-tili va adabiyotdan  borganman. Repetitor o’qituvchilarim Gulchehra opa Shaymanova va Feruza opa Shodiyorovalardan ham juda katta minnatdorman!


Мани онам муаллим! Вакту билимларидан ташкари согликлариниям укувчиларига багишлаган! Шогирдлари келиб йуклашса кузларида доим ёш онам...
Umidjon Saydahmedov, @UmidjonSayid

Davomi bor...

12 комментариев:

  1. Assalamu alaykum! Juda ajoyib! Davomi qani? :)

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Assalomu alaykum. Davomi deyarli tayyor. Faqat bir oz texnik muammolar tufayli joylashtira olmayapman, uzr.

      Удалить
  2. Manga juddda yoqdi zur chiqibdi

    ОтветитьУдалить
  3. yoqdi juda zor chiqibdi inshoga rosa foydalandim

    ОтветитьУдалить
  4. Firma seçimi, parça eşya taşıma hizmeti sunan firmalar arasında doğru tercih yapmanın önemli bi태백출장샵r adımıdır

    ОтветитьУдалить