Qayta ta'mirlangan 22-sonli mehribonlik uyi © nasimov.uz |
2012/2013
o'quv yilida oliy ta'lim muassasalarida to'lov kontrakt asosida o'qiyotgan
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo'lgan hamda ota-ona qaramog'isiz
qolgan 1-4 kurs talabalari uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to'lash
muddati joriy yilning 15 noyabrigacha uzaytirildi.
Ushbu
o'zgartirish "Sen yolg'iz emassan" Respublika bolalar jamoat
fondining tashabbusiga ko'ra amalga oshirilgan.
Xozirda yuqorida qayd etilgan
toifadagi talabalarga shartnoma pullarini to'lab berish xayriya loyihasi ko'rib
chiqilmoqda.
Eslatib o'taman, oliy ta'lim
muassalarida to'lov kontrakt pullarining kamida birinchi yarmini to'lash sanasi
1-kurslar uchun 15 sentabr (ushbu o’quv yilida 1 oktabrgacha uzaytirildi), 2-4
kurslar uchun esa 1 oktabr qilib belgilangan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий