Mehnat daftarchasi © norma.uz |
Unga ko’ra eng katta o’zgarish - bu endi mehnat
daftarchasini vaqtinchalik (uzog’i 5 kunga) xodimlarning qo’liga taqdim etish
qoidasi kiritildi.
Ya’ni, yo’riqnomaning 2.5-band quyidagi tartibda
tahrir qilindi:
2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko’chirma
yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi.
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko’ra, qaytarib berish sharti bilan
mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo’lmagan muddatga beriladi.
Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan
ma’lumotlarning tasdig’i sifatida tashkilot tomonidan ma’lumotnoma berilishi
lozim.
Bu davrda mazkur Yo’riqnomada belgilangandan o’zgacha tartibda mehnat
daftarchasiga qo’shimcha yozuvlar kiritish, uni o’zgartirish, garovga berish
yoki yo’q qilish qat’iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga
yuklatiladi.
Nomi: “Mehnat daftarchalarini yuritish
tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish
haqida"gi buyruq
Qabul qilgan organ: O’zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Qabul qilgan rahbar: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
A.XAITOV
Qabul qilingan sana: 2012-yil 21-avgust
Kuchga kirish sanasi: 2012-yil 1-oktabr
Комментариев нет:
Отправить комментарий