Bugun
bayram azizlar! Bugun o’zbek futboli uchun katta shodiyona bo’lib o’tadi! Nima
haqida gap ketayotganligini sezib turibsiz.
Barchaning
diqqati qaratilgan ushbu tadbir haqida ba’zi ma’lumotlarni o’rtoqlashishni
lozim deb topdim.
Bayram
tadbiriga chaqirilgan mehmonlarning aksariyat qismi (asosan metroga yaqin
joylashgan oliy ta’lim muassalari talabalari) stadionga metroda boradigan bo’lishdi.
Toshkent Metropoliteni Boshqarmasi boshlig’I B.Sadikov tomonidan tasdiqlangan
grafikka ko’ra 7 minga yaqin mehmonlar metroda maxsus tashkillashtirilgan
liniyalarda yetkaziladi. Bu juda ajoyib qaror! Ham qulay, ham xavfsiz.
Faqat meni
bir narsa o’ylantirmoqda, oddiy yo’lovchilar metrodan qamday foydalanishadi
bugun? Menimcha metropolitenning “Mirzo Ulug’bek” bekatiga vaqtinchalik
metrolar to’xtamasdan o’tadi. Faqatgina maxsus liniyalardagi vagonlar uchun to’xtashga
ruxsat etiladi.
Ma’lumot
sifatida aytishim mumkinki, shundoq ham Toshkent metropoliteni ushbu bayram
tadbirini tashkillashtirishga yordam bermoqda. Kecha o’z ko’zim bilan ko’rdim, bayram
tadbirida qatnashuvchi ishtirokchilar uchun (konsert vaqtida ommaviy raqsga
chiqadiganlar, bayroq ko’taruvchilar va h.k.) metroga tushish va undan
foydalanish bepul tashkil qilingan. Ushbu qaror qolgan jamoat transportlari
uchun ham amalda.
Xullas,
hamma bir yoqadan bosh chiqarib bayramni chiroyli o’tishi uchun jiddiy harakat
qilmoqda. Nasib bo’lsa, barcha harakat va mehnatlar o’zini oqlab, tadbir
chiroyli tarzda o’tadi, barchaning yodida qoladigan darajada bo’ladi.
Qo’shimcha
ma’lumotlar:
-
Bayram
tadbirida 160 ta kamera faoliyat olib borar ekan.
-
Sahnada
maxsus katta ekran qurilgan. Uning hajmi - eni 60 metr, balandligi 25 metr. Stadiondagi
barcha jarayonlar uchbu ekran orqali onlayn namoyish etib turiladi.
-
Aytishlaricha,
bayram tadbiri so’ngida katta mushakbozlik bo’ladi. Mushaklar balandligi 100
metrga yetishi ham mumkin.
-
Tadbirda
“Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o’zaro kuch sinashadi. 30 daqiqalik 2
taymda.
-
Bayramga
mashhur xorijy mehmonlarning tashrif etishi xozircha so’roq ostida turibdi. Men
avvalroq Facebookdagi sahifamda xabar qilganimdek, Pele kelishi haqidagi ma’lumot
o’zini oqlamagandek (eng qizig’I ushbu satatusimdan keyin championat.uz sayti “O’zbekistonga
Pele keladi” deya xabar qoldirgandi J). Sababi kecha Toshkent xalqaro
aeroportidagi “agentlarning” xabariga ko’ra Pele Toshkent tuprog’iga qadam
bosmagan. Kecha Toshkentga kelgan deyarli barcha mashhurlar (Filipp Kirkorov
ham bor) shov-shuv bo’lishga ulgurgan kechagi to’yga kelishgan.
-
Yana
shuni alohida ta’kidlaymanki, agarda tadbirda bironta mashhur inson qatnashsa (shu
jumladan Shakira), bu Sanjar Rizayevdan emas! Boshqasidan… :)
P/S: Tadbir ssenariysida bir xorijiy mehmon
nutqi ham rejalashtirilgan ekan. Qiziq, “kim ekan, kim ekan, u kim ekan?”…
Комментариев нет:
Отправить комментарий