Xalqaro valyuta fondi | economist.uz |
O’zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida
O’zbekiston Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Unga ko’ra 2010-yilning 15-dekabridagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilar Kengashining
«Kvotalarni umumiy o‘n to‘rtinchi qayta ko‘rib chiqish va Ijro etuvchi kengashni isloh qilish» haqidagi 66-2-sonli Rezolyutsiyasiga muvofiq Jamg‘armaga a’zo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim bo‘lgan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish to‘g‘risidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi Bitimi moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilindi.
Shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S.Azimovga O’zbekiston
Respublikasi ushbu tuzatishlarni qabul qilgani to‘g‘risida Xalqaro valyuta jamg‘armasini
xabardor qilish vazifasi yuklatildi.
Mazku qarorga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga
kirgandan keyin belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining majburiyatlari
bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh
vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklatildi.
Nomi: "Xalqaro shartnomini qabul qilish to'g'risida" qaror
Qabul qilgan rahbar: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qabul qilingan sana: 2012-yil 26-sentabr
Saqlab olish:
Комментариев нет:
Отправить комментарий