30 сент. 2012 г.

Kontraktda o’qiyotgan ota-ona qaramog’isiz qolgan talabalar uchun kontrakt to’lash muddati uzaytirildi

Qayta ta'mirlangan 22-sonli mehribonlik uyi © nasimov.uz

2012/2013 o'quv yilida oliy ta'lim muassasalarida to'lov kontrakt asosida o'qiyotgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo'lgan hamda ota-ona qaramog'isiz qolgan 1-4 kurs talabalari uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to'lash muddati joriy yilning 15 noyabrigacha uzaytirildi.

Ushbu o'zgartirish "Sen yolg'iz emassan" Respublika bolalar jamoat fondining tashabbusiga ko'ra amalga oshirilgan.

Xozirda yuqorida qayd etilgan toifadagi talabalarga shartnoma pullarini to'lab berish xayriya loyihasi ko'rib chiqilmoqda.

Eslatib o'taman, oliy ta'lim muassalarida to'lov kontrakt pullarining kamida birinchi yarmini to'lash sanasi 1-kurslar uchun 15 sentabr (ushbu o’quv yilida 1 oktabrgacha uzaytirildi), 2-4 kurslar uchun esa 1 oktabr qilib belgilangan.

Saylov qonunchiligiga o'zgartirish kiritilmoqda

Oliy Majlis binosi © gov.uz
Xozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritish loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko’ra qonun loyihasida quyidagi asosiy qoidalar takomillashtirilishi nazarda tutilmoqda:

1. Shunday yangi norma kiritilmoqdaki, unga ko‘ra «Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internetga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Bunday normaning kiritilishi saylovchilarning huquqlarini yanada yaxshiroq himoya qilishga, u yoki bu nomzodga nisbatan noxolis, yanglish munosabatni hamda saylovga oid qonun hujjatlarining buzilishi ehtimolini istisno etishga imkon beradi.

2. Hali sud hukmi chiqarilmagan, tergov jarayonlari davom etayotgan, vaktinchalik qamoqda saqlash joylarida yoki jinoyatchilikda gumondor, deb topilgan fuqarolarni saqlab turish joylarida ham saylov uchastkalarini tashkil etish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda. Ushbu normaning joriy etilishi qamoqda saqlash joylarida bo‘lgan fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishni yanada ko‘proq ta’minlash imkonini beradi.

3. Saylov kuni va saylov boshlanishidan bir kun oldin saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda. Taklif etilayotgan norma saylovchilarga o‘z nuqtai nazarlarini aniqlashtirib olish, qaysi siyosiy yo‘lni ma’qul deb topib, kim uchun va qaysi siyosiy partiya uchun ovoz berish to‘g‘risidagi masala yuzasidan ongli qaror qabul qilish uchun qo‘shimcha vaqt berish maqsadida kiritilmoqda.

4. Muddatidan oldin ovoz berishning muddatlari, tartibi va tartib-taomillari belgilab qo‘yilmoqda.
Amaldagi normaga binoan saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib olish va qaror qabul qilib, ushbu qarorini yopiq konvertda qoldirish huquqiga ega. Biroq ushbu normada muddatidan oldin ovoz berishning muddatlari, shuningdek, butun tartib-taomili nazarda tutilmagan edi. Shu munosabat bilan qonun loyihasida quyidagi qoidalarni belgilash taklif etilmoqda:
— muddatidan oldin ovoz berish saylovdan 10 kun avval boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugatiladi;
— muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilar, kuzatuvchilar, OAV vakillarining e’tiboriga yetkaziladi;
— muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish uchun saylovchining arizasi talab etiladi (unda saylovchining saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari ko‘rsatilgan bo‘ladi);
— saylov varaqasi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida 2 nafari ishtirokida beriladi;
— saylov varaqasi konvertga solinib, muhr bilan hamda komissiya a’zolaridan 2 nafarining va saylovchining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Taklif etilayotgan ushbu normada muddatidan oldin ovoz berish tartibi batafsil belgilangan va u mazkur tartib-taomilning ochiq-oydinligini ta’minlash imkonini beradi.

5. "Saylovoldi tashviqoti" tushunchasining mohiyati ochib berilib, saylov jarayonida uning bir xilda tushunilishi ta’minlanmoqda.

6. O’zbekiston Ekologik harakatining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov bo‘yicha O’zbekiston Ekologik harakatining konferentsiyasida ham kuzatuvchilarning ishtirok etishi huquqi berilmokda. Bunday huquqiy mexanizm O’zbekiston Ekologik harakatidan deputatlar saylovining oshkoraligi va ochiq-oydinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.

7. Saylovoldi tashviqotining samaradorligini oshirish maqsadida saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari aniq belgilanmoqda.
Saylovoldi tashviqotining quyidagi turlarini: siyosiy partiyaning o‘z deputatlikka nomzodlari uchun ovoz berishga da’vat etuvchi dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni tarqatish hamda deputatlikka nomzod to‘g‘risidagi axborotni uning uchun ovoz berishga da’vat qilgan holda tarqatishni belgilab qo‘yish taklif etilmoqda.
Saylovoldi tashviqotining shakllari sifatida quyidagilarni belgilash taklif etiladi: omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferentsiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, deputatlikka nomzod, OAVda siyosiy partiya to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish.
Saylovoldi tashviqotining usullari etib quyidagilarni belgilash taklif etilmoqda: ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, televideniyadan foydalanish, bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish va tarqatish; saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish.

"Inson va qonun" gazetasi materiallari asosida tayyorlandi.

O’zbekiston Respublikasi Viloyat hokimlari ro’yhati

Toshkent shahar hokimiyati binosi © uzdaily.uz

O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishga ko’ra 12 ta viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashkil topgan. Viloyatlar va Toshkent shaharda hokimlar boshqaruvni amalga oshirsa (O’zR Konstitutsiyasi, 102-modda), Qoraqalpog’istonda Vazirlar Kengashi bu ish bilan shug’ullanadi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi (O’zR Konstitutsiyasi, 102-modda).

Bugungi kunda viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi hokimlar faoliyat olib bormoqda:



Аndijоn vilоyati - Usmanov Ahmadjon Tugilovich


Buхоrо vilоyati - Esanov Muhiddin Turdiyevich

Jizzах vilоyati - Ismailov Sayfiddin Umarovich

Qashqadaryo viloyati - Jo‘rayev Turobjon Ikromovich

Nаvоiy vilоyati - Turdimov Erkinjon Oqbutayevich

Nаmаngаn viloyati - Yusupov Bahodir Tursunovich

Sаmаrqаnd vilоyati – Mirzayev Zoyir Toirovich

Surхоndаryo vilоyati – Choriyev Normo’min Omonovich

Sirdаryo vilоyati – Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich

Tоshkеnt vilоyat – Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich

Fаrg’оnа vilоyati – hokim v.b. G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Хоrаzm vilоyati – hokim v.b. Bobojonov Po’lat Razzaqovich

Tоshkеnt shаhаr – Usmonov Rahmonbek Jahongirovich

Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Yаngibaev Baxadir Yаngibaevich hisoblanadi.

Manba: gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Vаzirlаri ro‘yхаti

Vazirlar Mahkamasi binosi © gov.uz

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida 14 ta vazirlik faoliyat olib bormoqda. Vazirlarni o'z lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida"gi qonunining 4-moddasiga ko'ra Bosh vazir taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda quyidagi 14 ta vazir faoliyat olib bormoqda:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - AZIMOV Rustаm Sоdiqоvich

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri - SAIDOVA Galina Karimovna

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri - XAITOV Aktam Axmatovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mаdаniyat va sport ishlari vаziri - KUZIYEV Tursunali Karimovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Ichki Ishlаr vаziri - MATLYUBOV Bahodir Axmedovich


O‘zbekiston Respublikаsi Tаshqi ishlаr vaziri - KAMILOV Abdulaziz Hafizovich 

O‘zbekiston Respublikаsi Tаshqi iqtisodiy аloqаlаr, investitsiyalаr vа sаvdo vаziri - G‘АNIYЕV Elyor Mаjidоvich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mudоfаа vаziri - BERDIYEV Qobul Raimovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаziri - XODIYEV Baxodir Yunusovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Хаlq tа’limi vаziri - SHIRINOV Temir

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Qishlоq vа suv хo‘jаligi vаziri - RUZIEV Zafar Sharopovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri - YO`LDOSHEV Nig`matilla To`lqinovich 

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg‘liqni sаqlаsh vаziri - ALIMOV Anvar Valiyevich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаziri - XUDAYBERGANOV Tursinxon Аydаrovich

Manba: gov.uz

Mehnat daftarchalarini xodimlar qo’liga berishga ruxsat etildi

Mehnat daftarchasi © norma.uz
"“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i e’lon qilindi.

Unga ko’ra eng katta o’zgarish - bu endi mehnat daftarchasini vaqtinchalik (uzog’i 5 kunga) xodimlarning qo’liga taqdim etish qoidasi kiritildi.

Ya’ni, yo’riqnomaning 2.5-band quyidagi tartibda tahrir qilindi:

2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko’chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi.
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko’ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo’lmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan ma’lumotlarning tasdig’i sifatida tashkilot tomonidan ma’lumotnoma berilishi lozim.
Bu davrda mazkur Yo’riqnomada belgilangandan o’zgacha tartibda mehnat daftarchasiga qo’shimcha yozuvlar kiritish, uni o’zgartirish, garovga berish yoki yo’q qilish qat’iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi.



Nomi: “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida"gi buyruq
Qabul qilgan organO’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Qabul qilgan rahbar: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.XAITOV
Qabul qilingan sana: 2012-yil 21-avgust
Kuchga kirish sanasi: 2012-yil 1-oktabr
Saqlab olish:
Pdf variant (362 kb)                     Doc variant (24 kb)

ҚЯ: Хизмат вазифасини бажараётганда ҳалок бўлган ИИВ ходимларига ойлик маошининг 50 баравари миқдорида нафақа тўланади

Qasamyod qabul qilish vaqtida © mvd.uz
“Хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ёки тан жароҳати олган ички ишлар органлари ходимлари ва ҳарбий хизматчиларига бир йўла тўланадиган нафақани тўлаш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида” Ички ишлар вазирининг буйруғи чиқди.

Унга кўра ички ишлар органи ходими ва ҳарбий хизматчиси хизмат вазифасини бажараётган вақтда ҳалок бўлганда, унинг меросхўрларига марҳумнинг ойлик иш ҳақининг 50 бараваригача бўлган миқдорда нафақа тўланади. Бу нафақа ўрта ҳисобда агар ИИО ходимининг ойлигини 500 минг сўм деб оладиган бўлсак, унда 25 млн. сўм бўлади.

Ходим хизмат вазифасини бажараётган вақтда яраланганда, майибланганда ёки контузия олганда, унга:

Оғир тан жароҳати олганда, ойлик иш ҳақининг 25 бараваригача (ўртача 12,5 млн. сўм);

Ўртача оғир тан жароҳати олганда, ойлик иш ҳақининг 10 бараваригача (ўртача 5 млн. сўм) бўлган миқдорда нафақа тўланади.

Енгил тан жароҳати олганда ходимга нафақа расмийлаштирилмайди.

ИИВнинг Портловчи қурилмалар ва моддаларни зарарсизлантириш ва йўқ қилиш махсус отряди ва Алоҳида вазифаларни бажарувчи сафарбарлик отрядлари ҳамда уларнинг қуйи тизими ходимлари хизмат вазифасини бажараётган вақтда:

Ҳалок бўлганда – марҳумнинг ойлик иш ҳақининг 100 бараваригача бўлган миқдорда (ўртача 50 млн. сўм);

Оғир тан жароҳати олганда, ойлик иш ҳақининг 50 бараваригача бўлган миқдорда (ўртача 25 млн. сўм);

Ўртача оғир тан жароҳати олганда, ойлик иш ҳақининг 20 бараваригача бўлган миқдорда (ўртача 10 млн. сўм).

Эътиборли томони ушбу Низомдаги қоидалар нафақат ИИВ ходимларига, балки ИИВ Қоровул қўшинларининг ҳарбий қисмларида ва Тошкент олий ҳарбий техник билим юртида муддатли ва шартнома асосида ҳарбий хизматни ўтаётган ҳарбий хизматчиларга, шунингдек, ИИВ тизимига кирувчи таълим муассасаларида таҳсил олаётган курсант ва тингловчиларга ҳам тадбиқ этилади.

Эслатиб ўтаман, ушбу нафақалар бир марталик ҳисобланади.

Мазкур ҳужжат 2012 йилнинг 29 сентябридан кучга киради.

Номи: Хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ёки тан жароҳати олган ички ишлар органлари ходимлари ва ҳарбий хизматчиларига бир йўла тўланадиган нафақани тўлаш тартиби тўғрисида ЙЎРИҚНОМА
Қабул қилган орган: Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги
Қабул қилган раҳбар: Ички ишлар вазири Б. МАТЛЮБОВ
Қабул қилинган сана: 2012 йил 19 сентябрь
Кучга кириш санаси: 2012 йил 29 сентябрь
Сақлаб олиш:

Қонунчиликдаги янгиликлар: “Қамчиқ” довонидан баъзи юк машиналари ўтишига чеклов қўйилди


"Qamchiq" dovonidagi tunnel © nasimov.uz
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлигининг “Юк автотранспорт воситаларини “Қамчиқ” довонидан ўтиши ва ҳаракатланиши устидан назорат қилиш тартиби тўғрисидаги Низом”и тасдиқланди.

Унга кўра, “Қамчиқ” довонидан ўтаётган юк машиналари қатъий рўйҳатга олиш ва текширувдан ўтказилади.

Шунингдек, фойдаланиш муддати қуйидагича бўлган юк автотранспорт воситаларига “Қамчиқ” довонидан ўтишга рухсат берилмайди:
25 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2012 йил 1 октябридан;
20 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2014 йил 1 июлидан;
15 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2016 йил 1 июлидан.

Мазкур ҳужжат 2012 йилнинг 1 октябридан кучга киради.


Номи: Юк автотранспорт воситаларини «Қамчиқ» довонидан ўтиши ва ҳаракатланиши устидан назорат қилиш тартиби тўғрисидаги НИЗОМ
Қабул қилган органлар: Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ва Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги
Қабул қилган раҳбарлар: Ички ишлар вазири Б. МАТЛЮБОВ ва Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги бошлиғи А. АБДУВАЛИЕВ
Қабул қилинган сана: 2012 йил 21 сентябрь
Кучга кириш санаси: 2012 йил 1 октябрь
Сақлаб олиш: 

28 сент. 2012 г.

Bugun hamma metrolar “Bunyodkor”ga boradi


Bugun bayram azizlar! Bugun o’zbek futboli uchun katta shodiyona bo’lib o’tadi! Nima haqida gap ketayotganligini sezib turibsiz.

Barchaning diqqati qaratilgan ushbu tadbir haqida ba’zi ma’lumotlarni o’rtoqlashishni lozim deb topdim.

Bayram tadbiriga chaqirilgan mehmonlarning aksariyat qismi (asosan metroga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassalari talabalari) stadionga metroda boradigan bo’lishdi. Toshkent Metropoliteni Boshqarmasi boshlig’I B.Sadikov tomonidan tasdiqlangan grafikka ko’ra 7 minga yaqin mehmonlar metroda maxsus tashkillashtirilgan liniyalarda yetkaziladi. Bu juda ajoyib qaror! Ham qulay, ham xavfsiz.

Faqat meni bir narsa o’ylantirmoqda, oddiy yo’lovchilar metrodan qamday foydalanishadi bugun? Menimcha metropolitenning “Mirzo Ulug’bek” bekatiga vaqtinchalik metrolar to’xtamasdan o’tadi. Faqatgina maxsus liniyalardagi vagonlar uchun to’xtashga ruxsat etiladi.

Ma’lumot sifatida aytishim mumkinki, shundoq ham Toshkent metropoliteni ushbu bayram tadbirini tashkillashtirishga yordam bermoqda. Kecha o’z ko’zim bilan ko’rdim, bayram tadbirida qatnashuvchi ishtirokchilar uchun (konsert vaqtida ommaviy raqsga chiqadiganlar, bayroq ko’taruvchilar va h.k.) metroga tushish va undan foydalanish bepul tashkil qilingan. Ushbu qaror qolgan jamoat transportlari uchun ham amalda.

Xullas, hamma bir yoqadan bosh chiqarib bayramni chiroyli o’tishi uchun jiddiy harakat qilmoqda. Nasib bo’lsa, barcha harakat va mehnatlar o’zini oqlab, tadbir chiroyli tarzda o’tadi, barchaning yodida qoladigan darajada bo’ladi.

Qo’shimcha ma’lumotlar:

-          Bayram tadbirida 160 ta kamera faoliyat olib borar ekan.

-          Sahnada maxsus katta ekran qurilgan. Uning hajmi - eni 60 metr, balandligi 25 metr. Stadiondagi barcha jarayonlar uchbu ekran orqali onlayn namoyish etib turiladi.

-          Aytishlaricha, bayram tadbiri so’ngida katta mushakbozlik bo’ladi. Mushaklar balandligi 100 metrga yetishi ham mumkin.

-          Tadbirda “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o’zaro kuch sinashadi. 30 daqiqalik 2 taymda.

-          Bayramga mashhur xorijy mehmonlarning tashrif etishi xozircha so’roq ostida turibdi. Men avvalroq Facebookdagi sahifamda xabar qilganimdek, Pele kelishi haqidagi ma’lumot o’zini oqlamagandek (eng qizig’I ushbu satatusimdan keyin championat.uz sayti “O’zbekistonga Pele keladi” deya xabar qoldirgandi J). Sababi kecha Toshkent xalqaro aeroportidagi “agentlarning” xabariga ko’ra Pele Toshkent tuprog’iga qadam bosmagan. Kecha Toshkentga kelgan deyarli barcha mashhurlar (Filipp Kirkorov ham bor) shov-shuv bo’lishga ulgurgan kechagi to’yga kelishgan.

-          Yana shuni alohida ta’kidlaymanki, agarda tadbirda bironta mashhur inson qatnashsa (shu jumladan Shakira), bu Sanjar Rizayevdan emas! Boshqasidan… :)

P/S: Tadbir ssenariysida bir xorijiy mehmon nutqi ham rejalashtirilgan ekan. Qiziq, “kim ekan, kim ekan, u kim ekan?”…

27 сент. 2012 г.

Bismillohdan boshladik...

Assalomu alaykum...

Aslida blog yuritishga unchalik toqatim yo'q. Dangasaman... Lekin o'ylab qarasam har kuni Facebook, Twitter kabi tarmoqlarda yozadigan ma'lumotlarimni bir joyga umumlashtirsam, bitta blogni bip-binoyiday yuritishga yetarli material paydo bo'lar ekan.

Demak, bugun, milodiy 2012-yilning 27-sentabr sanasida (ikki ming o'n ikkinchi yil yigirma yettinchi sentabr) [huquqshunoslikda hujjatlardagi raqamlarni albatta so'z bilan yozish ham shart hisoblanadi] ushbu sh'erimni bitdim, iye, yo'g'ey, ushbu blogimni ochdim.

Bu blogga kimdir kirish kirmasligini bilmadimu, lekin imkon qadar yuritib borishga harakat qilaman.

Aytgancha, menga blog ochishni tavsiya qilgan inson - Sanjar Rizayev bo'ladilar. Tasodifni qarangki, ular ham bugun o'zlariga bitta blog ochvoldilar (http://sanjarrizayev.blogspot.com/). Esimga Afandi haqidagi latifa tushib ketdi: Ko'chani boshida yong'oq tarqatayotgan ekan deb bolalarni aldab jo'natib yuborib, o'z yolg'oniga o'zi ishonib qolgani haqidagisi :)

Yaxshi kunlarda, yaxshi xabarlarda ko'rishguncha!